“Oʻzbekkino”da 17 milliard soʻmlik mablagʻ notoʻgʻri sarflangan

18:07 25 Avgust 2020 Iqtisodiyot
1061 0

Joriy yilning may oyida “Oʻzbekkino” MA qoshida Jamoatchilik kengashi tuzildi, uning tarkibiga kinosanoat sohasining taniqli vakillari va ekspertlari kirdilar. Jamoatchilik kengashi film yaratishga yoʻnaltirilgan yirik smeta va xarajatlarni oʻrganish bilan faol shugʻullanib, maqsadsiz sarflanayotgan xarajatlarning oldini olish boʻyicha takliflar kiritadi.

Jamoatchilik kengashi oʻz majlislarida Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hisobotini ikki marotaba koʻrib chiqdi. Boshqarma joriy yilning iyun oyida 2017-2019-yillarda davlat tomonidan ajratilgan mablagʻlarning ishlatilishini oʻrganib chiqib, 17 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻ maqsadga xilof va nooʻrin ishlatilgan holatlarni aniqladi. Hozirda ushbu materiallar Bosh prokuratura tomonidan oʻrganilmoqda. Jamoatchilik kengashi tomonidan “Kino sohasida korrupsiyaga qarshi kurash” dasturi qabul qilindi.

“Oʻzbekkino” MA ajratilayotgan mablagʻlarning yuqori byudjetli murakkab kinofilmlarni yaratish uchun bir doiradagi kompaniyalar va rejissyorlar oʻrtasida taqsimlanishi kabi uzoq yillar davom etgan zararli amaliyotga qarshi. Bunday yondashuv kinoijodkorlar oʻrtasidagi sogʻlom raqobatga halokatli taʼsir koʻrsatdi. Shu munosabat bilan endilikda aksariyat kinoloyihalarning ssenariy buyurtmalari ijodiy raqobat asosida tanlab olinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер