Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti 0,4 foizga oʻsdi
2020-yilning 9 oylik yakunlariga koʻra, Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti oʻtgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 0,4 foizga (2019-yilning 9 oyligida 5,9 foizga) oʻsdi.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, joriy davrda YAIM oʻsishida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligining hissasi eng yuqori boʻldi. Mazkur tarmoqda ishlab chiqarish hajmi 3,4 foizga oshgan holda, YAIMning 0,8 foiz punktga oʻsishini taʼminladi.
Qurilish tarmogʻida 8,6 foizga yuqori oʻsish surʼatlari kuzatilgan boʻlsa-da, YAIM oʻsishidagi hissasi 0,5 foiz punktni tashkil etdi.
Sanoat tarmogʻida ishlab chiqarish hajmlarining 2,7 foizga kamayishi taʼsirida YAIM hajmining 0,7 foiz punktga kamayishi kuzatildi.
Xizmatlar sohasida kuzatilgan 0,7 foizga kamayish YAIM oʻsishiga -0,2 foiz punkt salbiy taʼsir koʻrsatdi.
Mahsulotlarga sof soliqlarning 0,6 foizga kamayishi, YAIM oʻsishiga sezilarli salbiy taʼsir koʻrsatmadi va -0,04 foiz punktni tashkil etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring