Oʻzbekistonning umumiy qarzi 21 milliard dollardan oshadi
2020-yil boshida Oʻzbekistonning Xitoydan davlat qarzi miqdori 3 milliard dollardan oshadi, bu 2019-yil boshiga nisbatan 53% ga koʻpdir, deyiladi Moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashrida.
Shuningdek, davlat byudjeti loyihasiga koʻra, 2020-yil 1-yanvar kuni Oʻzbekistonning Yaponiyaga qarzi $1,83 mlrd, Janubiy Koreya oldida — $568 mln, Fransiya – $573 mln, Germaniya — $302 mln, Saudiya Arabistoni - $164 mln, Rossiya - $120 mlnga yetadi.
Qayd etilishicha, 2020 boshida davlat qarzi 21,3 milliard dollar, yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36%ni tashkil qiladi. Shundan tashqi qarz miqdori 15,3 milliard dollarni tashkil etishi koʻzda tutilgan.
Kreditorlar kesimida davlat tashqi qarzining hajmi xorijiy davlatlardan olingan 6,7 milliard dollar, 7,7 milliard dollar – xalqaro moliya institutlaridan va 1 milliard dollar investorlardan olingan qarzlardan iborat.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring