Oʻzbekistonning turli viloyatlarida yer maydonlarini sotmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi
Foto: Prokuratura Departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.A.ga oʻziga ijara shartnomasiga asosan Tomdi davlat oʻrmon xoʻjaligi hududidan ajratilgan 200 gektar chorvachilikka moʻljallangan yaylov yer maydonini fuqaro A.T.ga 250 mln soʻmga firibgarlik yoʻli bilan sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Bandixon tuman boʻlimi tomonidan DXXning Surxondaryo viloyati boshqarmasi bilan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Jarqoʻrgʻon tumani irrigatsiya boʻlimi xodimi X.A. fuqaro U.ga tuman hokimligi zaxirasidagi 15 sotix yer maydonini 60 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Shoʻrchi tumani boʻlimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.E. “B.V.” xususiy korxonasi rahbari B.ga oʻzini tuman hokimligi xodimi sifatida tanishtirib, unga auksion savdolarisiz tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun sanoat zonasidan 5 sotix yer maydonini 1 200 AQSH dollari evaziga olib berishni vaʼda qilib, shundan 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring