Oʻzbekistonning toʻrtta hududida milliy bogʻlar tashkil qilinadi

17:36 08 Mart 2022 Jamiyat
2231 0

Foto: Arxiv surat

Vazirlar Mahkamasining 04.03.2022-yildagi “Oʻrmon fondi yerlarida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bogʻliq qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 93-son qarori qabul qilindi. 

«Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq, Qoraqalpogʻiston, Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari oʻrmon fondi yerlarida «Orolqum», “Pop”, “Omonqoʻton”, «Yuqori Toʻpalang» va “Bobotogʻ” milliy bogʻlari tashkil etiladi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi milliy tabiat bogʻlarining muassisi hisoblanadi.

Milliy tabiat bogʻlarining faoliyati Davlat byudjeti mablagʻlari, byudjetdan tashqari mablagʻlar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.

Hujjat bilan «Orolqum», “Pop”, “Omonqoʻton”, «Yuqori Toʻpalang» va “Bobotogʻ” milliy bogʻlarining yer maydonlari, qoʻriqxona, rekreatsiya va xoʻjalik maqsadida foydalaniladigan zonalari uchun ajratiladigan yer maydonlari tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер