Oʻzbekistonning togʻli hududlarida 24 aprel kuni yomgʻir yogʻadi, havo harorati 35 darajaga koʻtariladi

01:35 24 Aprel 2023 Jamiyat
1172 0

“Oʻzgidromet” 24 aprel, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-13° iliq, kunduzi 27-29° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 25-30° iliq boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 27-32°boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 25-30° boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 30-35° boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 25-30° boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Toshkent viloyatining baland togʻ hududlarida qorga aylanishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°iliq, kunduzi 15-20° iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер