Oʻzbekistonning Serbiyadagi ilk elchisi tayinlandi
Foto: “Dunyo”
Oybek Shaxavdinov Serbiya Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik protokol rahbari Branko Radovanovichga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, suhbat chogʻida ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilingan va ikki tomon ham Oʻzbekiston-Serbiya munosabatlarini yanada mustahkamlashdan manfaatdorlik bildirgan.
Xorijiy tomon Oʻzbekistonning Serbiyaga birinchi elchisi tayinlanganini olqishlab, bu qadam ikki tomonlama hamkorlikning butun yoʻnalishiga yangi surʼat bagʻishlashini taʼkidlagan.
Maʼlumot uchun, Oybek Shaxavdinov Oʻzbekistonning Sloveniya, Vengriya, shuningdek, oʻrindoshlik asosida Xorvatiya va Chernogoriyadagi elchisi hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring