Oʻzbekistonning qaysi hududida eng koʻp tugʻilish qayd etilmoqda?

19:48 29 May 2025 Jamiyat
417 0

Illyustrativ foto

2025-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston boʻyicha 266 478 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning oʻtgan toʻrt oyida respublika FHDYо organlarida qayd etilgan tugʻilishlarning eng koʻpi Samarqand, eng kami esa Sirdaryo viloyatida hisobga olingan.

Mazkur raqamlarning hududlar kesimi boʻyicha taqsimlanishi quyidagicha:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 11 896 ta;
  • Andijon viloyati – 23 513 ta;
  • Buxoro viloyati – 12 390 ta;
  • Jizzax viloyati – 11 787 ta;
  • Qashqadaryo viloyati – 29 792 ta;
  • Navoiy viloyati – 7 367 ta;
  • Namangan viloyati – 22 843 ta;
  • Samarqand viloyati – 32 118 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 24 599 ta;
  • Sirdaryo viloyati – 6 634 ta;
  • Toshkent viloyati – 20 698 ta;
  • Fargʻona viloyati – 30 371 ta;
  • Xorazm viloyati – 12 447 ta;
  • Toshkent shahri – 20 023 ta.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер