Oʻzbekistonning maktab oʻquvchilari Bolgariyada boʻlib oʻtgan xalqaro musobaqada sovrinli oʻrinlarni egallashdi

12:30 06 Iyul 2023 Jamiyat
374 0

Joriy yil 30-iyun – 4-iyul kunlari Bolgariyaning Nesebr shahrida “Chegara bilmas matematika” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur musobaqa har yili mazkur shaharda mingdan ziyod oʻquvchilar ishtirokida tashkil etilishi anʼanaga aylangan.

Joriy yildagi musobaqada Ozarbayjon, Qozogʻiston, Ukraina, Serbiya, Bolgariya singari dunyoning 22 mamlakatida 3-9 sinflarda bilim olayotgan 1 280 nafar maktab oʻquvchilari,  jumladan, 15 nafar oʻzbek oʻquvchi yoshlari ishtirok etishdi.

Toʻrt kun davom etgan musobaqa natijasiga koʻra, oʻzbekistonlik oʻquvchilarning 1 nafari oltin, 3 nafari kumush hamda 8 nafari bronza medallari bilan taqdirlanishdi.

Musobaqa nihoyasiga yetgach, mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi  vakillari oʻzbekistonlik yoshlar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻida ularni qoʻlga kiritgan gʻalabalari bilan qutlashdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер