Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarga murojaat bilan chiqdi

14:27 25 Sentyabr 2024 Jamiyat
505 0

Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoshlarga murojaat yoʻlladi.

Unga koʻra, Isroil shimolida murakkab vaziyat yuzaga kelgani bois fuqarolar mazkur mamlakat hukumati va Oʻzbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib borishga chaqirilgan.

Hozirgi paytda mamlakatning shimoliy hududlarida murakkab vaziyat vujudga kelayotganini eʼtiborga olib, oʻzingizning shaxsiy xavfsizlik choralarini koʻrishingizni va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni tavsiya etamiz, deyiladi murojaatda.

Shuningdek, Isroil frontorti qoʻmondonligidan bildirishnomalar va ogohlantirishlar (Home Front Command) mobil ilovasi yoki veb-sayti havolasini telefonga oʻrnatib olish soʻraldi.

Zaruriyatsiz koʻchaga va boshqa koʻngilochar muassasalarga tashrif buyurmang. Iltimos, oʻz hayotingizni ehtiyot qiling, deyiladi murojaatda.

Elchixona konsullik boʻlimi ishonch telefonlari:

  • 03-672-2466
  • 03-672-2371
  • 03-758-5075
  • 03-758-5076

Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun:

+972 54 485 1397

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер