Oʻzbekistonning ipoteka kreditlari boʻyicha arzonlik reytingidagi oʻrni ochiqlandi

13:16 23 Dekabr 2021 Dunyo
1042 0

Numbeo portali maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston ipoteka kreditlari boʻyicha qulaylik reytingida 111 davlat orasida 104-oʻrinni egalladi.

Oʻzbekistonda ipoteka toʻlov qobiliyati indeksi bor-yoʻgʻi 0,28, oʻrtacha ipoteka krediti esa oʻrtacha daromadning 355,7 foizini tashkil etdi, bu esa oʻrtacha oila daromadidan 3,5 barobar koʻpdir.

Maʼlumotlarga koʻra, yetakchi oʻrinlarni Saudiya Arabistoni (1-oʻrin, indeks — 5,1), AQSH (2-oʻrin, indeks — 3,4) va Puerto-Riko (3-oʻrin, indeks — 3,1) egallab turibdi.

Shu bilan birga, ipoteka kreditlarini olish imkoniyati eng yomon koʻrsatkichlarga ega boʻlgan uchta davlat Gana (111-oʻrin, indeks — atigi 0,04), Argentina (110-oʻrin, indeks — 0,09), Eron va Suriya (109 va 110-oʻrin, indeks — 0,13) boʻldi.

Reytingda Oʻzbekiston Keniya va Yamayka oʻrtasida joylashgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер