Oʻzbekistonning gʻarbiy hududlarida 14-aprel kuni yomgʻir yogʻadi, havo harorati 37 darajaga koʻtariladi

02:50 14 Aprel 2023 Jamiyat
956 0

Foto: Illustrativ surat

“Oʻzgidromet” 14-aprel, juma kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-19°, kunduzi 32-34° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 20-25° boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 30-35° boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, faqat Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°, baʼzi joylarda 37° gacha boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, faqat Qashqadaryo viloyatida baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 32-37° boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 30-35° boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер