O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi elchisi tayinlandi

11:12 15 Noyabr 2023 Siyosat
200 0

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ravshan Usmonov kecha tunda Londonga yetib bordi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

U 2018 yildan buyon mamlakatimizning Malayziyadagi elchisi sifatida ishlab kelayotgan edi. Diplomat 45 yoshda. Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), O‘zbekiston TIVning Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi universitet) tamomlagan.

Tashqi siyosat idorasidagi faoliyatini 2000 yilda boshlagan. O‘tgan yillar davomida markaziy apparatda va O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasida turli lavozimlarda ishlagan. Shundan keyin TIVning Yevropa mamlakatlari va NATO bilan hamkorlik boshqarmasini boshqargan. Fransiyadagi elchi, shuningdek, Italiya va Portugaliyadagi o‘rindoshlik asosidagi elchi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Ravshan Usmonov 2019 yildan buyon Londondagi elchi lavozimida ishlab kelgan Said Rustamov o‘rniga tayinlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер