Oʻzbekistonning AQSHdagi elchisi oʻrindoshlik asosida mamlakatimizning Kanadadagi elchisi etib tayinlandi
Foto: Arxiv surat
Oʻzbekistonning AQSHdagi elchisi Furqat Sidiqov shtab-kvartirasi Vashingtonda joylashgan Kanadadagi elchi lavozimiga bir vaqtda tayinlandi.
Eslatib oʻtamiz, elchi Furqat Sidiqov joriy yilning may oyi boshida Prezident Jo Baydenga Oʻzbekistonning AQSHdagi elchisi sifatida ishonch yorliqlarini topshirgan, oktyabr oyida esa qarorgohi Vashingtonda joylashgan Braziliyaga elchi etib tayinlanishi uchun ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan edi.
Vashingtonga tayinlanishidan oldin u tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. U 52 yoshda. 1993-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan, “OʻzDEUelektronika” QKda, Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida ishlagan. 2002-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligida turli lavozimlarda, jumladan, Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasida, Pokistondagi elchi, vazir oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
Furqat Sidiqov 2017—2023-yillarda Oʻzbekistonning AQSHdagi, shuningdek, Kanada va Braziliyadagi elchisi boʻlgan Javlon Vahobov oʻrnini egalladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring