Oʻzbekistonning AQSH va Braziliyadagi elchisi Braziliya vitse-prezidenti Gamilton Muraoga ishonch yorliqlarini topshirdi
Foto: "Dunyo" agentligi
Oʻzbekistonning AQSH va Braziliyadagi (oʻrindoshlik asosida) Favqulodda va Muxtor Elchisi Javlon Vahobov Braziliya vitse-prezidenti Gamilton Muraoga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Ushbu tadbir munosabati bilan Braziliya prezidenti saroyida Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi tantanali ravishda koʻtarildi, faxriy qorovul saf tortdi, harbiy orkestr tomonidan mamlakatimiz davlat madhiyasi ijro etildi.
Eslatib oʻtamiz, Braziliya 1993-yilda Oʻzbekiston bilan diplomatik aloqalar oʻrnatgan birinchi Lotin Amerikasi davlati boʻlgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring