Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 9-dekabr kuni vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi

22:58 08 Dekabr 2022 Jamiyat
1611 0

Foto: Arxiv surat

“Oʻzgidromet” Oʻzbekiston boʻylab 9-dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, tuman tushadi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8° sovuq, kunduzi 3-5° sovuq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22° sovuq, baʼzi joylarda 24° sovuqqacha, kunduzi 4-9° sovuq boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushadi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushadi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq -3° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushadi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi, tuman tushishi mumkin. Qor koʻchish xavfi bor. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14° sovuq, kunduzi 4-9° sovuq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер