Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 9-aprel kuni yomgʻir yogʻishi mumkin

07:23 09 Aprel 2022 Jamiyat
1028 0

Foto: Illustrativ foto

“Oʻzgidromet” 9-aprel, shanba kuni uchun ob-havo prognozini eʻlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kechasi biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-16 daraja, kunduzi 27-29 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʻzi joylarda chang toʻzon bilan 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.

Buxoro viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʻzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.

Navoiy viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʻzi joylarda oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʻzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, choʻl hududlarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, baʻzi joylarda chang toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʻzi joylarda oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʻzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, Jizzax viloyatida 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, baʻzi joylarda chang toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʻzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʻzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʻzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 17-22 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер