Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 8-mart kuni yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin

23:16 07 Mart 2023 Jamiyat
1085 0

Foto: Arxiv surat

«Oʻzgidromet» Oʻzbekiston boʻylab 8-mart kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuhayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14° iliq, kunduzi 17-19° iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha yetishi, chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 15-20°iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 15-20° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarida 22-25 m/s gacha yetishi, chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11-16° iliq, kunduzi 17-22° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq, kunduzi 13-18° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baland togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Qor koʻchish xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi 4-9° iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер