Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 30-mart kuni vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin

15:38 29 Mart 2023 Jamiyat
850 0

Foto: Arxiv surat

“Oʻzgidromet” 30-mart, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-13 daraja, kunduzi 20-22 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 24-29 daraja boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, baland togʻli hududlarda qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining togʻli hududlarida 2 000 metrdan balandda qor koʻchish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер