Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 3-aprel kuni havo harorati 30 darajagacha koʻtariladi

03:13 03 Aprel 2022 Jamiyat
1021 0

Foto: Illustrativ foto

“Oʻzgidromet” 3-aprel, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo vaqti-vaqti bilan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9°, kunduzi 23-25° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo baʼzi joylarda bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 23-28° boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo baʼzi joylarda bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 25-30° boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo baʼzi joylarda bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 23-28° boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo baʼzi joylarda bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 23-28° boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo baʼzi joylarda bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 19-24° boʻladi.

Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 11-16° iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер