Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 29-yanvar kuni yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi
“Oʻzgidromet” 29-yanvar, dushanba kun kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5° sovuq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-7° iliq, choʻl hududlarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.
Qashqadaryo Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring