Oʼzbekistonning ayrim hududlarida 27 dekabr kunining yarmida qor yogʼishi mumkin
«Oʼzgidromet» respublika hududida 27 dekabr, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Unga koʼra, Toshkent shahrida havo oʼzgarib turadi, kechasi va ertalab biroz qor yogʼishi mumkin, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yogʼingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1–3 daraja sovuq, kunduzi 0–2 daraja iliq boʼladi.
Qoraqalpogʼiston va Xorazm viloyatida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10–15 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja sovuq boʼladi. Ustyurtda kechasi 13–18 daraja sovuq, kunduzi 2–7 daraja sovuq boʼladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʼarbiy shamol yoʼnalishini oʼzgartirib, sharqdan metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq boʼladi. Navoiy viloyatining shimolida kechasi 10–15 daraja sovuq, kunduzi 2–7 daraja sovuq boʼladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʼarbiy shamol yoʼnalishini oʼzgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1–6 daraja sovuq, kunduzi 2–3 daraja iliq boʼladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʼarbiy shamol yoʼnalishini oʼzgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq boʼladi.
Аndijon, Namangan, Fargʼona viloyatlarida havo oʼzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʼadi. Tuman tushishi mumkin. Gʼarbiy shamol yoʼnalishini oʼzgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq boʼladi.
Respublikaning togʼoldi va togʼli hududlarida havo oʼzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yogʼadi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Gʼarbiy shamol yoʼnalishini oʼzgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja sovuq boʼladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring