Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 18-oktyabr kuni yomgʻir yogʻadi, shamol tezligi kuchayadi
Foto: Arxiv surat
“Oʻzgidromet” Oʻzbekiston boʻylab 18-oktyabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10°, kunduzi 15-17° boʻladi.
Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 15-20° boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 22-27° boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 15-20° boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8°iliq, kunduzi 10-15° boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring