Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 16-aprel kuni yomgʻir yogʻadi, togʻli hududlarda qorga aylanadi

01:23 16 Aprel 2023 Jamiyat
1211 0

Foto: Arxiv surat

“Oʻzgidromet” 16-aprel, yakshanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-13°, kunduzi 21-23° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 2-7°, kunduzi 7-12° boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 18-23° boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi, ayrim joylarda doʻl yogʻishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 20-25° boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 22-27° boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi, ayrim joylarda doʻl yogʻishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Fargʻona viloyatida baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda qorga aylanadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер