Oʻzbekistonning 15 ta yirik multimodal logistika markazlari xalqaro quruqlik portlari maqomini olishi mumkin

19:58 07 Dekabr 2023 Jamiyat
620 0

Oʻzbekistondagi yirik multimodal logistika markazlarini “Quruqlik portlari” xalqaro kelishuviga qoʻshish hamda ularga xalqaro quruqlik portlari maqomini berish yuzasidan BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP)ga taklif berildi.

Avval xabar berilganidek, BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasida boʻlib oʻtayotgan “Quruqlik portlari va multimodal transport” boʻyicha ekspertlar uchrashuvida Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini oʻrganish markazi direktori B.Xolmatov ishtirok etmoqda.

Uchrashuvda respublikamizdagi 15 ta yirik multimodal logistika markazlarini xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi va ularni xalqaro logistika tizimiga integratsiyasini amalga oshirish maqsadida xalqaro kelishuvning ilovasiga qoʻshish yuzasidan tegishli taklif berildi.

Maʼlumot oʻrnida: Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini oʻrganish markazi BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi bilan hamkorlikda Oʻzbekistondagi logistika markazlarini BMTning “Quruqlik portlari” xalqaro kelishuvi talablariga muvofiq kelishi yuzasidan oʻrganish olib borgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер