Oʻzbekistonliklarning qancha qismi sport bilan shugʻullanmoqda?
2025-yilning yanvar avgust oylarida jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanuvchi shaxslar (uy xoʻjaliklari aʼzolari) ulushi 68,3 foizni tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Yillar kesimida Oʻzbekistonda jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanadigan shaxslar ulushi quyidagi taqsimlangan:
- 2021-yil – 60,9 foiz;
- 2022-yil – 62,3 foiz;
- 2023-yil – 63,7 foiz;
- 2024-yil – 67,8 foiz;
- 2025-yil (yanvar avgust) – 68,3 foiz.
Bundan kelib chiqadiki, jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanadigan shaxslar ulushi soʻnggi besh yil davomida 7,4 foizga ortgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring