Oʻzbekistonliklar Rossiyada uy sotib olish borasida faollashdi
Rossiyada 2024-yil sentyabrdan beri koʻchmas mulk bozorida chet ellik xaridorlar ishtirokida oldi-sotdi shartnomalarining soni ortgan. Umumiy koʻchmas mulk savdolarning 20 foizi chet elliklar hisobiga toʻgʻri kelmoqda. Bu haqida “Izvestiya” nashri maʼlumot berdi.
Unga koʻra, koʻchmas mulklarni eng koʻp xarid qilayotgan chet ellik xaridorlar orasida Oʻzbekiston, Belorussiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston hamda Abxaziya fuqarolari oʻrin olgan.
Soʻnggi hisob-kitoblarga koʻra, umumiy bitimlarning 15 foizi Oʻzbekiston fuqarolari hisobiga toʻgʻri kelgan. Shuningdek, Belorussiya 21 foiz, , Qozogʻiston 18 foiz, Tojikiston va Turkmaniston 10 foiz, hamda Xitoy fuqarolari 2 foiz koʻrsatkich bilan umumiy savdo hajmi ulushiga ega chiqqan.
Taʼkidlanishicha, xaridlarning 65 foizi 20 million rublgacha boʻlgan xonadonlardan iborat boʻlgan. 20 milliondan 50 million rublgacha boʻlgan narxlardagi xonadonlar 21 foizni, 50 million rubldan qimmat baholangan uylar xaridi esa 14 foizga teng boʻlgan.
Maʼlumot uchun, koʻchmas mulk xarid qilayotgan chet el fuqarolarining asosiy xarid hududi Moskva shahri boʻlib, umumiy savdo hajmining 65 foizi koʻrsatgichdagi oldi-sotdilar shu hududga toʻgʻri kelgan. Undan keyin Moskva viloyatida 15 foiz, Sankt-Peterburg shahrida esa 10 foiz koʻchmas mulk xaridlari qayd etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring