Oʻzbekistonliklar limon eksportidan 3,8 million dollar ishlab oldi
Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar sentyabr oylarida 9 ta xorijiy davlatga qiymati 3,8 million AQSH dollariga teng boʻlgan 2 ming 282 tonna limon eksport qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 122,4 tonnaga oshgan.
2025-yilning 9 oyida Oʻzbekiston eng koʻp limon yetkazib bergan davlatlar quyidagicha taqsimlangan:
- Rossiya – 1 ming 239 tonna;
- Qozogʻiston – 930 tonna;
- Qirgʻiz Respublikasi – 107 tonna;
- BAA – 2,9 tonna;
- Moʻgʻuliston – 1,8 tonna;
- Boshqa davlatlar – 1,8 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring