Oʻzbekistonliklar koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlarga 18,8 trillion soʻm sarfladi
2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 18,8 trln soʻmga yetgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Hududlar kesimida koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi quyidagicha taqsimlangan:
- Toshkent shahri – 11,3 trln soʻm;
- Toshkent viloyati – 1,3 trln soʻm;
- Samarqand viloyati – 933,8 mlrd soʻm;
- Fargʻona viloyati – 795,3 mlrd soʻm;
- Andijon viloyati – 664,8 mlrd soʻm;
- Qashqadaryo viloyati – 540,1 mlrd soʻm;
- Namangan viloyati – 539,3 mlrd soʻm;
- Buxoro viloyati – 484,7 mlrd soʻm;
- Surxondaryo viloyati – 480,9 mlrd soʻm;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 419,8 mlrd soʻm;
- Xorazm viloyati – 410,2 mlrd soʻm;
- Navoiy viloyati – 387,4 mlrd soʻm;
- Jizzax viloyati – 233,6 mlrd soʻm;
- Sirdaryo viloyati – 222,2 mlrd soʻm.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 11,3 foizga oʻsgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring