Oʻzbekistonlik tadqiqotchilar Fransiyadagi “CIRAD” markazida malaka oshiradi
Oʻzbekiston elchisi Nodir Gʻaniyev Fransiya poytaxtida Agronomik tadqiqotlar va taraqqiyot xalqaro markazi (CIRAD) bosh direktori Elizabet Klaveri de Sen-Marten bilan uchrashdi.
CIRAD – Fransiyaning qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tizimlarini barqaror rivojlantirish boʻyicha davlat ilmiy-tadqiqot tashkiloti hisoblanadi. Tashkilot dunyoning koʻplab mamlakatlarida ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshiradi, uning asosiy ilmiy markazi Monpele shahrida joylashgan.
Muzokaralar chogʻida qishloq xoʻjaligini innovatsion va barqaror rivojlantirish, yerlar unumdorligini oshirish va suv resurslarini samarali boshqarish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar barqaror paxtachilik, chorvachilikni rivojlantirish, shoʻrlangan yerlarni tiklash va agroekologik tajriba tashabbuslarini amalga oshirish kabi yoʻnalishlarda hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Amaliy hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Oʻzbekistonlik mutaxassislarning Monpeledagi “CIRAD” ilmiy bazasiga tashrifini tashkil etish, shuningdek, xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi qoʻshma tadqiqot loyihalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kelishuvga erishildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring