Oʻzbekistonlik oʻquvchilar karate WUKF boʻyicha Mayamida oʻtgan musobaqada Jahon chempioni boʻldi
Foto: Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati
Joriy yilning 2-7-iyul kunlari Amerika Qoʻshma Shtatlari Mayami shahrida Karate WUKF boʻyicha Jahon chempionati boʻlib oʻtdi.
Mazkur musobaqada Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 34-sonli maktabning 5-sinf oʻquvchisi Fazliddin Faxriddinov hamda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 6-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi Shoxobiddin Shodmonxonov 2 ta oltin medalni qoʻlga kiritib, mutlaq Jahon chempioni boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring