O‘zbekistonlik mutaxassislar tolali material uchun separator ishlab chiqishdi
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti mutaxassislari tolali material uchun separator ishlab chiqdilar. Separatorning vazifasi tola va havo oqimi qorishmasining har xil nisbatdagi konsentrasiyasida tolali materialni havo oqimidan ajratish samaradorligini oshirishdan iborat.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi Axborot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu qurilma ajratuvchi kamera, kirish tarmoq quvurchasi, uning qarama-qarshisida joylashgan akslantirgich, chiqish tarmoq quvurchasi, uning qarama-qarshisida joylashgan setkali baraban, uning tagida joylashgan parrakli valikdan tarkib topgan. Akslantirgich kulachok ko‘rinishida bajarilgan bo‘lib, bu kulachok ajratuvchi kameraning devorchalarida har ikki tomonda joylashgan podshipniklar, germetiklaydigan qistirmalar va qopqoq vositasida aylanadigan qilib o‘rnatilgan.
Mualliflar Anvar Jo‘rayev, Abdulla Tajiboyev va Mahmudjon Saydamatovlarga yaratgan foydali modellariga FAP 01302-raqamli patent berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring