Oʻzbekistonlik mutaxassis Xalqaro Yevroosiyo metallurglar federatsiyasi bosh kotibi oʻrinbosari boʻldi
Turkiya poytaxti Anqara shahrida Xalqaro Yevroosiyo metallurglar federatsiyasining Bosh assambleyasi boʻlib oʻtdi. Yigʻilish doirasida tashkilotning boshqaruv organlariga saylovlar oʻtkazildi.
“Dunyo” AA xabariga koʻra, mazkur saylovda Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzosi Toʻrajon Raupov xalqaro tashkilot bosh kotibining oʻrinbosari etib saylangan.
Taʼkidlanishicha, Toʻrajon Raupovning ushbu masʼuliyatli lavozimga loyiq koʻrilishi oʻzbekistonlik mutaxassislarning xalqaro kasaba uyushmalari tizimidagi nufuzi va professional salohiyati eʼtirof etilayotganidan dalolat beradi.
Maʼlumot uchun: Xalqaro Yevroosiyo metallurglar federatsiyasi 1994-yilda tuzilgan. Bugungi kunda u 20 ta davlatdan 63 ta kasaba uyushmasini oʻz atrofida birlashtiradi. Tashkilot metallurgiya sohasida faoliyat yuritayotgan 10 milliondan ortiq ishchi-xodimlar manfaatlarini himoya qiluvchi mintaqadagi eng yirik tuzilmalardan biri hisoblanadi.
Hozirda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda Ish beruvchilar konfederatsiyasi mazkur xalqaro tashkilot bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Bu galgi tayinlov ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish va tajriba almashinuvini jadallashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring