Oʻzbekistonlik hakam Chempionlar ligasi finalini boshqaradi
Arxiv surat
Taniqli oʻzbekistonlik futbol hakami Ilgiz Tantashev Birlashgan Arab Amirliklarining «Al-Ayn» va Yaponiyaning «Yokogama F. Marinos» jamoalari Osiyo Chempionlar ligasi finalining javob oʻyinini boshqaradi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiya tomonidan mʼlum ыilindi.
OCHL finali ikki oʻyindan iborat boʻlib, birinchi uchrashuv 2:1 hisobida yapon klubi gʻalaba qozongandi.
Uchrashuv, bugun 25-may kuni «Al-Ayn»ning uy stadioni — «Gazza Bin Zayed»da boʻlib oʻtadi. Oʻyin Toshkent vaqti soat 21:00da boshlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring