Oʻzbekistonlik bokschi qiz jahon chempioni boʻldi
Polshaning Kelse (Kielce) shahrida boks boʻyicha yoshlar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Chempionatda 54 kg vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Nigina Oʻktamova barcha raqibalarini magʻlub etib, final bosqichiga yetib kelgan edi.
Hal qiluvchi final jangida Nigina Oʻktamova ukrainalik Kristina Lakichuk (Kristina Lakiichuk) ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozondi!
Nigina Oʻktamova Jizzax davlat pedagogika institutining Jismoniy madaniyat fakulteti 1-kurs talabasi. U 2003-yilda Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida tugʻilgan.
Nigina Oʻktamova oʻzbek bokschi qizlari ichida jahon chempioni maqomiga erishgan ilk sportchiga aylandi. Ushbu gʻalabasi bilan u oʻzbek boksi tarixida yangi sahifa ochib berdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring