Oʻzbekistonga yana bir yangi turdagi vaksina olib kelinmoqda — CCV
Yaqin kunlarda yurtimizga 1 200 000 dozadan ortiq Pfizer/BioNTech va 600 000 dozadan ortiq AstraZeneca vaksinalari olib kelinishi kutilmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirda yurtimizda 4 turdagi: ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, “Sputnik V”, Moderna vaksinalaridan emlash jarayonlarida foydalanib kelinmoqda.
Pfizer/BioNTech vaksinasi oʻzbekistonliklar emlanadigan 5-vaksina boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, ayni kungacha mamlakatimizda jami 15 978 140 doza vaksinadan foydalanildi. Shu kungacha toʻliq emlangan fuqarolar 2 710 887 nafarni tashkil qilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring