Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda kelayotgan chet el fuqarolari asosan qaysi transport vositasida tashrif buyurmoqda?

22:19 04 Iyun 2023 Jamiyat
504 0

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-aprel oylarida 2 019,4 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Shundan, havo transportida kelgan sayyohlar 311,2 ming kishini (15,4 %), temir yoʻl orqali kelganlar – 29,1 ming kishini (1,4 %), avtomobil transportida kelganlar – 9,6 ming kishini (0,5 %) tashkil yetgan.

Sayyohlarning eng koʻp qismi, yaʼni 1 669,4 ming nafari (82,7 %) piyoda kelgan. (asosan qarindoshlarini yoʻqlash uchun kelganlar chegara postlaridan piyoda oʻtishgan).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер