Oʻzbekistonga “Sputnik V” vaksinasining birinchi komponentidan 70 ming doza olib kelindi
Kuni kecha yurtimizga Rossiyadan “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi 70 ming dozalik 1-komponenti olib kelindi.
Eslatib oʻtamiz, aprel oyida ushbu vaksinaning 100 ming dozasi keltirilgan edi (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent).
Shuningdek, oʻtgan vaqt mobaynida:
AstraZenecaning — 660 ming doza,
ZF-UZ-VAC2001ning:
27-martda — 1 million doza,
27-aprelda — 1 million doza,
18-mayda — 1 million doza,
19-mayda — 500 ming doza partiyalari keltirilgan.
Shunday qilib, Oʻzbekistonning vaksina zaxirasi 4 million 330 ming dozaga yetmoqda. Ayni paytga qadar shundan 2 million dozadan ortigʻi vaksinatsiya jarayonlarida qoʻllanildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring