Oʻzbekistonga sovuq havo harorati kirib kelmoqda
Joriy yilning 16-fevral kuni Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga, 17-19-fevral kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
— 16-fevralda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida;
— 17-19-fevralda Oʻzbekiston hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanadi) kuzatiladi;
— 17-18-fevralda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
— 18-19-fevral kunlariga kelib, Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo harorati kechalari 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi. Shimolda 17-19-fevral kunlari harorat kechalari 13-16 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqqacha pasayadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring