Oʻzbekistonga qarindoshlarini yoʻqlash uchun kelgan xorijliklar soni koʻpaydi
2025-yilning yanvar–avgust oylarida jami qariyb 5,2 million nafar xorij fuqarolari qarindoshlarini yoʻqlash uchun Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Mazkur davrda Oʻzbekistonga eng koʻp qarindoshlarini yoʻqlash uchun kelgan TOP-15 davlat fuqarolari quyidagicha taqsimlangan:
- Qirgʻiz Respublikasi – 1,8 million nafar;
- Qozogʻiston – 1,5 million nafar;
- Tojikiston – 1,4 million nafar;
- Rossiya – 353,7 ming nafar;
- Turkiya – 30 ming nafar;
- Turkmaniston – 15,8 ming nafar;
- Xitoy – 4,4 ming nafar;
- Ozarbayjon – 4,1 ming nafar;
- Ukraina – 3,7 ming nafar;
- Belarus – 3,4 ming nafar;
- Koreya Respublikasi – 3,3 ming nafar;
- Germaniya – 2,7 ming nafar;
- Isroil – 2,1 ming nafar;
- AQSH – 1,9 ming nafar;
- Buyuk Britaniya – 1,4 ming nafar;
- Boshqa davlatlar – 14,5 ming nafar.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 1,2 million nafarga yoki 28,9 foizga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring