Oʻzbekistonga qancha parranda goʻshti import qilingani ochiqlandi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga 14 ta davlatdan qiymati 11,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 12,4 ming tonna parranda goʻshti import qilingan.
Parranda goʻshti importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning dastlabki 3 oyida Oʻzbekiston eng koʻp parranda goʻshtini import qilgan davlatlar:
— Polsha – 3,3 ming tonna
— Turkiya – 2,7 ming tonna
— Rossiya – 1,7 ming tonna
— Belgiya – 1,6 ming tonna
— AQSH – 828,5 tonna
— Litva – 484 tonna
— Niderlandiya – 428 tonna
— Germaniya – 261 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring