Oʻzbekistonga qaytish uchun murojaat qilgan fuqarolar soni qancha?

18:41 22 Mart 2020 Jamiyat
1111 0

Operativ shtablarga 22-mart holatiga koʻra, 5800 dan ortiq oʻzbekistonlik va 2800 dan ortiq chet el fuqarolari vatanga qaytishni soʻrab murojaat qilgan. Bu haqda tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Jahongir Xudayxoʻjayev UzReport kanalidagi brifingda maʼlum qildi.

Rossiya, Turkiya, Misr, Hindiston, Malayziya, Koreyadan 7 ta charter reyslari orqali jami 1750 dan ortiq fuqaro Oʻzbekistonga qaytarilib, 14 kunlik karantinga olingan. Turli yoʻnalishlarda charter reyslari tashkil etish boʻyicha ishlar davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер