O‘zbekistonga Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelindi
Bugun, 13-sentyabr kuni Toshkentga 1 200 000 dozadan ortiq Pfizer/BioNTech vaksinasi keltirildi. Bundan avvalroq yurtimizdagi vaksinatsiya jarayonlarida foydalanish uchun yangi turdagi vaksina olib kelinishi haqida xabar bergan edik.
Ayni paytda O‘zbekistonda ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, "Sputnik V" va Moderna vaksilaridan foydalanilmoqda. Pfizer/BioNTech vaksinasi yurtimizga qo‘llanilayotgan 5-vaksina bo‘ldi.
Shunday qilib, yurtimizga keltirilgan jami vaksina 24 002 540 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
1 342 480 dozasi AstraZeneca,
18 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
460 000 dozasi "Sputnik V",
3 000 060 dozasi Moderna,
1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasidir.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 16 861 167 doza vaksinadan foydalanilib, to‘liq emlangan fuqarolar 3 121 019 nafarni tashkil qilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring