Oʻzbekistonga 7 oyda dam olish maqsadida qancha turist kelgan?
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami 3,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Shundan 397,3 ming nafari dam olish maqsadida Oʻzbekistonga kelgan.
Oʻzbekistonga 7 oyda eng koʻp dam olish maqsadida tashrif buyurgan davlatlar fuqarolari:
Rossiya – 137,2 ming nafar;
Qozogʻiston – 33,6 ming nafar;
Tojikiston – 21,5 ming nafar;
Qirgʻiz R. – 20,3 ming nafar;
Turkiya – 19,3 ming nafar;
Hindiston – 14,3 ming nafar;
Xitoy – 14,1 ming nafar;
Turkmaniston — 13,5 ming nafar;
Janubiy Koreya – 12,1 ming nafar;
Germaniya — 10,6 ming nafar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring