Oʻzbekistonga 7 oyda 1,5 mln. dona telefon import qilingan
Illustrativ foto
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 102,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 508 602 dona mobil telefon import qilingan.
Telefon importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 92 950 donaga oshgan.
Oʻzbekiston 11 ta davlatdan telefon import qilgan.
Oʻzbekiston 7 oy mobaynida mobil telefonlarni eng koʻp import qilgan davlatlar:
— Xitoy – 1,1 mln. dona;
— BAA – 149 ming dona;
— Vyetnam – 142 ming dona;
— Hindiston – 101 ming dona;
— Qozogʻiston – 10,3 ming dona;
— Koreya – 2,1 ming dona.
Oylar kesimida telefon importi:
— yanvar – 129 766 dona;
— fevral – 284 461 dona;
— mart – 286 056 dona;
— aprel – 276 362 dona;
— may – 124 393 dona;
— iyun – 229 872 dona;
— iyul – 177 692 dona.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring