Oʻzbekistonga 6 oy ichida qariyb yuz ming tonna banan import qilingan
Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar iyun oylarida xorijdan qiymati 28 million AQSH dollariga teng boʻlgan 95,3 ming tonna banan import qilingan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Oʻzbekistonga 2025-yilning 6 oyida eng koʻp banan import qilgan davlatlar quyidagicha taqsimlangan:
- Ekvador – 94 ming tonna
- Xitoy – 539 tonna
- Qirgʻiziston – 295 tonna
- Hindiston – 224 tonna
- Boshqa davlatlar – 205 tonna.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, banan importi hajmi 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,5 ming tonnaga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring