Oʻzbekistonga 5 oyda 1,1 mln. dona telefon import qilingan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-may oylarida xorijdan qiymati 80 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,1 mln. dona mobil telefon import qilingan.
Telefon importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 216311 donaga oshgan.
Oʻzbekiston 10 ta davlatdan telefon import qilgan.
Oʻzbekiston 5 oy mobaynida mobil telefonlarni eng koʻp import qilgan davlatlar:
— Xitoy – 846 504 dona
— Vyetnam – 128 407 dona
— Hindiston – 73 371 dona
— BAA – 47 112 dona
— Qozogʻiston – 4030 dona
— Koreya – 1 586 dona
Oylar kesimida telefon importi:
— yanvar – 129 766 dona
— fevral – 284 461 dona
— mart – 286 056 dona
— aprel – 276 362 dona
— may – 124 393 dona.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring