O’zbekistonga 4 oy davomida eng ko’p turistlar qaysi davlatdan kelgan?
Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
2023 yilning yanvar-aprel oylarida 2 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgani haqida Statistika agentligi Telegram sahifasida xabar berdi.
4 oyda eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan?
— Tojikiston – 623,8 ming nafar
— Qozog‘iston – 558,8 ming nafar
— Qirg‘iz R. – 487,7 ming nafar
— Rossiya – 207,7 ming nafar
— Turkiya – 29,7 ming nafar
— Turkmaniston – 14,2 ming nafar
— Janubiy Koreya – 9,2 ming nafar
— Hindiston – 8,3 ming nafar
— Xitoy – 6,3 ming nafar
— Germaniya – 5,7 ming nafar
2023 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:
— qarindoshlarni yo‘qlash – 1754,2 ming kishi
— dam olish – 185,9 ming kishi
— xizmat yuzasidan – 38,6 ming
— davolanish – 22,7 ming kishi
— tijorat – 14 ming kishi
— o‘qish maqsadida – 4 ming kishi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring