Oʻzbekistonga 310 050 doza Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelindi
Bugun yurtimizga 310 050 doza Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelindi. Bu 2022-yil hisobidan keltirilgan ikkinchi partiya vaksinadir.
Shunday qilib, Oʻzbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 49 846 818 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
— 2 404 480 dozasi AstraZeneca;
— 37 789 938 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
— 1 341 790 dozasi “Sputnik V”;
— 3 500 460 dozasi Moderna;
— 2 626 650 dozasi Pfizer/BioNTech;
— 1 976 000 dozasi Sinovac;
— 207 500 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.
Shundan qariyb 40,6 million dozasi emlash jarayonlarida qoʻllanildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring