Oʻzbekistonga 11 oyda qancha avakado import qilingani ochiqlandi
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga 272,6 tonna avakado import qilingan.
Avakado importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 33,2 tonnaga oshgan.
2023-yilning 11 oyida Oʻzbekiston eng koʻp avakado import qilgan davlatlar:
➖ Qozogʻiston – 134,4 tonna
➖ Turkiya – 101,7 tonna
➖ Keniya – 26,7 tonna
➖ Xitoy – 7,4 tonna
➖ Peru – 1,2 tonna
➖ Rossiya – 1,1 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring